Xamdam Sobirov
Kapalagim
Ortingga qaramay ketayabsan
Men yo'q joylarga, uzoqlarga
Menga endi yashashni o'rgat
Sen yo'q joylarda, yolg'onlarda
Yolg'onlarda

O, mening kapalagim, mendan uzoqlarga uchma
O, mening kapalagim, daydi shamollarga uchma
O, mening kapalagim, ohista qo'ngin kaftimga
Qo'yvormayman seni, o, mening kapalagim

To'xtagin qo'rqma chaqmoqlardan
Qo'rqmagin guldagi qarmoqlardan
Rashkim yomon, qizg'onaman hatto yaproqlardan
Nozikkinam, kapalagim

O, mening kapalagim, mendan uzoqlarga uchma
O, mening kapalagim, daydi shamollarga uchma
O, mening kapalagim, ohista qo'ngin kaftimga
Qo'yvormayman seni, o, mening kapalagim

Sevgimiz kimlarning qo'lida
Boshqarar yosh boladek yo'lida
Taqdirimiz hal bir so'zida
Yashaymiz go'yo dengiz tubida
Mendan xafa-xafa bo'lib ketma
Yuragingga zardalar qilib mendan kechma
Oson bo'lmaydi tushun, darddan qochib ketsang
Yo'q, qasam ichma, qasam ichma
Nozikkinam, kapalagim

O, mening kapalagim, mendan uzoqlarga uchma
O, mening kapalagim, daydi shamollarga uchma
O, mening kapalagim, ohista qo'ngin kaftimga
Qo'yvormayman seni, o, mening kapalagim