[«Dada» qo‘shig‘i matni]
[Intro]
Ho‘-o‘-o‘y, ho‘-o‘-o‘
Ho‘-o‘-o‘, ho‘-o‘-e
Ho‘-o‘-o‘y, ho‘-o‘-o‘
Ho‘-o‘-o‘ (RE.M)
[Ko‘plet 1]
Olma daraxtidan uzoqqa tushmidi
Qayerga ham boraman o‘zizdan o‘tib?
Baribir sizga o‘xshagan tomonim kuchlida
Faxrlanasizmi o‘g‘lizdan ota?
Tanlagan yo‘lim begona sizga balki
Natijasini ko‘rsatdim-u sal keyin
To‘g‘ri, bankir bo'madim yoki harbiy
Meni kasbim — insonlar, so‘zlar, bit
G‘arbiy qarashlarim sizga yod narsa
Keling siyosiy qarashlar isbotlarsiz
Har qanaqa qoralar yoki oqlarsiz
Shunchaki o‘ylaganda duo qilarsiz
Ichimdan otilar so‘zlarim yillar yig‘ini
Sizdan uzoqlarda o‘tib bo‘ldim yig‘i-sig‘ini
Sovug‘ini ko‘chaga tashlab, uyga faqat issig‘ini
Sizga aytmadim nechchi marta yo‘qotdim chizig‘ini, yo‘limni
Tushurmasdan qo‘limni, o‘z ishimni qildim
Harakat qilsam hammasidan o‘tishimni bildim
Ko‘p narsadan voz kechdim, o‘qishim buzildi
Chunki orzuim ofisda ishlab o‘tish emas edi
Men tavakkalchiman, bir ishga yalchimas
Asosiysi qo‘rqoq yoki g‘alchamas
Men bilmiman ertaga qayerda bo‘laman lekin
Qayerda bo‘lsamham sizga o‘xshab qolaman ekan
[Naqarot]
Dada, dada, o‘zingizdey
Mana qarang, xuddi sizdey
Dada, qarang, o‘g‘lingiz yulduzdey
Chunki xuddi sizdey, xuddi sizdey
Menga qarang o‘zingizdey
Mana, qarang, xuddi sizdey
Bo‘ldimmi orzudagi o‘g‘lingizdey?
Bilmadim lekin bo‘ldim xuddi sizdey
Dada, dada, o‘zingizdey
Mana qarang, xuddi sizdey
Dada, qarang, o‘g‘lingiz yulduzdey
Chunki xuddi sizdey, xuddi sizdey
Menga qarang o‘zingizdey
Mana, qarang, xuddi sizdey
Bo‘ldimmi orzudagi o‘g‘lingizdey?
Bilmadim lekin bo‘ldim xuddi sizdey
[Ko‘plet 2]
Ko‘z oldizda yosh bolaman balki haliyam
Hali kamchiligi ko‘p bo‘midi valiahd
Kelajakni unga ishonish не вариант
Kiyinishi tushunarsiz-u, ishlariyam
Yoshligizni eslasangiz bo‘lar adolatdan
O‘ziz ham bo‘lgansiz aniq shunaqa holatda
O‘ziz ham bilasiz hech narsaga kafolat yo‘q
Sizga o‘xshab o‘g‘lingiz ham, aniq topiladi yo‘l
[Brij]
Ho‘-o‘-o‘y, ho‘-o‘-o‘
Ho‘-o‘-o‘, ho‘-o‘-e
Ho‘-o‘-o‘y, ho‘-o‘-o‘y
Ho‘-o‘-o‘y, ho‘-o‘-e
Ho‘-o‘-o‘y, ho‘-o‘-o‘
Ho‘-o‘-o‘, ho‘-o‘-e
Ho‘-o‘-o‘y, ho‘-o‘-o‘y
Ho‘-o‘-o‘y, ho‘-o‘-e
[Naqarot]
Dada, dada, o‘zingizdey
Mana qarang, xuddi sizdey
Dada, qarang, o‘g‘lingiz yulduzdey
Chunki xuddi sizdey, xuddi sizdey
Menga qarang o‘zingizdey
Mana, qarang, xuddi sizdey
Bo‘ldimmi orzudagi o‘g‘lingizdey?
Bilmadim lekin bo‘ldim xuddi sizdey
Dada, dada, o‘zingizdey
Mana qarang, xuddi sizdey
Dada, qarang, o‘g‘lingiz yulduzdey
Chunki xuddi sizdey, xuddi sizdey
Menga qarang o‘zingizdey
Mana, qarang, xuddi sizdey
Bo‘ldimmi orzudagi o‘g‘lingizdey?
Bilmadim lekin bo‘ldim xuddi sizdey