[«Qahramonlar» qo‘shig‘i matni]
[Intro]
(RE.M)
[Ko‘plet 1]
Yoshlikda qahramonlar kinoda
Shunaqa bo‘la olarmikan odam?
Плащ'i hilpirab uchar samoda
Ular bizni asraydi balodan
Mushaklari ko‘rinardi toshdek
Menimcha dadamdan ham kuchli
Ko‘zidan nur sochardi quyoshdek
Yuta olmaydi xatto Bryus Li
Kattaroq bo‘lib izladim ularni
Kinolardagi qahramonlarni
Ularga yordam bersam bo‘lardi
Men bilardim ko‘plab yomonlarni
Izladim плащ taqqanlarni
Savlatli, gavdalilar ichidan (Ko‘rdim)
Ko‘rdim juda kattalarni
Hech kim kuchlimas u darajada
Osmonda ham uchmadi kimdir
Ko‘zlardan ham olov chiqmadi
Demak qoldi ular yoshligimda
Balki bordir qandaydir hikmati
(Hayot xuddi yo‘qotdi rangini)
(Axir qahramonlarsiz qiyin)
Bir xil kunlar, bo‘lmaydi yangilik
Kerak qahramonlar sizgayam
Atrofda oddiy odamlar to‘la
Bajarardi har kuni bir xil ishni
Ular toza qiladi-ku yo‘lim
Men bilaman faqat kir qilishni
Oddiygina kiyimlarda ular
Ba'zan halat, ba'zida uniforma
Aslida chin qahramonlar-ku shular
Shuncha yillar yashadim shuni ko‘rmay
Belini ayamay sovuqlarda
Ishlaydi qilmasdan kinoya
(Ular yurmasa ham sovutlarda)
Bizni har kun qiladi himoya
Bildim dadamni charchagan qo‘llari
Qaytdagi Van Dam'nikidanam zo‘rroq
Yaxshilab ko‘rsam hayotda to‘la rang
Va kerak emas buning uchun Zorro
[Oldinaqarot]
Qahramonlar yonginamizda
Har kuni qilishadi bir xil ishni
Ayamay tun-u tongini bizdan
Ulardan o‘rgan sabr qilishni
(Qahramonlar плащ kiymas ekan)
(Ular kuchli emas paxlavondek)
(Bu oddiy odamlar oddiymas ekan)
(Ular chinakam qahramonlar)
[Naqarot]
O‘-o‘-o‘-o‘
Qahramonlar — otalar!
O‘-o‘-o‘-o‘
Shu qahramonlar — onalar!
O‘-o‘-o‘-o‘
Bizga berib qanotini, bag‘ishlab hayotini
Asli qahramonlar — o‘shalar!
O‘-o‘-o‘-o‘
Qahramonlar — otalar!
O‘-o‘-o‘-o‘
Qahramonlar — onalar!
O‘-o‘-o‘-o‘
Bizga berib qanotini, bag‘ishlab hayotini
Asli qahramonlar — o‘shalar!
[Ko‘plet 2]
Ular o‘z ishini qiladi katta pullar kutmay
Ularni ishlari ko‘rinmaydi, to‘plamaydi layk
O‘z burchini o‘ylab o‘zini hecham o‘ylamaydilar
Ular haqida qo‘shiqlar ham juda kam aytilar
Ular tinmay ishlaydi oilasini asrash uchun xavfdan (Asrash uchun xavfdan)
Ular tinmay ishlaydi oberaman deb kitob-daftar (Farzandlariga)
Ular uyim-joyim deb olti kun ishlaydi har hafta (Ko‘chada)
Ular sovuq qotadi oilasi qolmasin deb zahda
Hammasi yaxshi deya, qolmasa ham идея
O‘zini katta deb, qiladi (Jim ishini)
Kichkina-kattagayam doim xizmatda
Keyin biladi, baxt ungayam bir kun qaytishini
Zor emas maqtovgayam, achinmas vaqtigayam
Yo‘li aniq uni, yuz foiz shu ayon
Bu zamon, shu chinakam qahramon
Axir kino emas — bu hayot
[Oldinaqarot]
Qahramonlar yonginamizda
Har kuni qilishadi bir xil ishni
Ayamay tun-u tongini bizdan
Ulardan o‘rgan sabr qilishni
Qahramonlar плащ kiymas ekan
Ular kuchli emas paxlavondek
Bu oddiy odamlar oddiymas ekan
Ular chinakam qahramonlar
[Naqarot]
O‘-o‘-o‘-o‘
Qahramonlar — otalar!
O‘-o‘-o‘-o‘
(Qahramonlar — onalar!)
O‘-o‘-o‘-o‘
Bizga berib qanotini, bag‘ishlab hayotini
Asli qahramonlar — o‘shalar!
O‘-o‘-o‘-o‘
Qahramonlar — otalar!
O‘-o‘-o‘-o‘
Qahramonlar — onalar!
O‘-o‘-o‘-o‘
Bizga berib qanotini, bag‘ishlab hayotini
Asli qahramonlar — o‘shalar!